"PSJ" muxlislarning nojo'ya xatti-harakatlari uchun jarimaga tortildi

Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Frantsiyaning "Pari Sen-Jermen" klubini Chempionlar ligasi final o'yinidagi muxlislarning xatti-harakatlari uchun jazoladi. Tegishli ma'lumotlar tashkilotning rasmiy saytida e'lon qilindi.
"PSJ" muxlislarning maydonga chiqishi, pirotexnikadan foydalanish va tribunalar tashqarisiga begona narsalarni uloqtirish kabi bir qator qoidabuzarliklar uchun jami 148 ming evro miqdorida jarimaga tortildi.
Eslatib o'tamiz, "PSJ" muxlislari evrokuboklardagi navbatdagi safar uchrashuviga chipta sotib olish imkoniyatidan mahrum bo'lishdi.