"PSJ" "Lill"ga o'z darvozabonini berishga tayyor, ammo...

"PSJ" Arnau Tenasni "Lill"ga berishga tayyor.
"Foot Mercato" nashri tarqatgan xabarga ko'ra "itlar" Frantsiya chempionlari safiga o'tishga yaqin turgan Lyuka Shevalega o'rinbosar qidirmoqda. Parijliklar bundan xabardor bo'lib, Tenasni taklif qilishdi.
"Lill" "Barselona" tarbiyalanuvchisiga qiziqish bildirmayapti va boshqa nomzod - Portugaliyaning "Farense" klubidan Rikardo Velyu variantini ko'rib chiqmoqda.
Qayd etilishicha, "PSJ" va "Lill" allaqachon og'zaki tarzda Shevalening transferi bo'yicha kelishib olgan.