"PSJ" - KO'JCh asosiy favoriti

"PSJ" klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib chiqish uchun asosiy da'vogarga aylandi.
Opta superkompyuterining simulyatsiyalari asosida jamoalarning sovrin yutish imkoniyatlari hisoblab chiqildi.
Birinchi o'rinni turnirda g'alaba qozonish ehtimoli 39,33 foiz bo'lgan "PSJ" egalladi. Ikkinchi o'rinda "Chelsi" (33,27 foiz), uchinchi o'rinda "Real" (24,67 foiz), so'nggi o'rinda "Fluminense" (2,72) bormoqda.