"PSJ" katta transferga yaqin

"Pari Sen-Jermen" "Bornmut" himoyachisi Ilya Zabarniy transferini rasmiylashtirishga juda yaqin keldi.
Nufuzli L’Equipe nashrining xabar berishicha, klublar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga o'tgan. Manbaga ko'ra, ukrainalik markaziy himoyachi kelgusi mavsum uchun mudofaaning asosiy kuchaytiruvchisi sifatida ko'rilmoqda. Tomonlar allaqachon kelishuv shartlarini deyarli kelishib olishgan, parijliklarda esa muzokaralarning muvaffaqiyatli yakunlanishiga nisbatan yuqori darajadagi optimizm saqlanib qolmoqda. Transfer qiymatining yakuniy tafsilotlari kelishilmoqda.
Avvalroq, "PSJ" futbolchi uchun taxminan 60 mln evro taklif qilgani ma'lum bo'lgandi, ammo "Bornmut" futbolchi uchun 70 mln evro atrofida mablag' so'ragandi. Yuzaga kelgan tanaffusdan keyin jarayonni tezlashtirish uchun vaziyatga shaxsan frantsuz klubi prezidenti Nosir Al-Xelaifiy aralashdi.