"Bornmut" "PSJ"ning qiziqishi fonida Ilya Zabarniy uchun so'ralgan narxni pasaytirmoqchi emas.

The Independent nashri manbalariga ko'ra, ingliz klubi rahbariyati yozda 22 yoshli ukrainalik markaziy himoyachi uchun kamida 70 mln evro talab qiladi.

Ikkala klub ham bir necha haftadan beri kelishuvni muhokama qilmoqda, parijliklarning birinchi taklifi esa 60 mln evroni tashkil etadi. Zabarniy "PSJ"ning asosiy maqsadi bo'lib turibdi va hozirda unga bo'lgan ehtiyoj faqat ortib bormoqda, bu esa "Bornmut"ga qo'l kelmoqda.