"PSJ" hujumchisiga "Milan" jiddiy qiziqish bildirmoqda

“PSJ” hujumchisi Gonsalo Ramushga “Milan” qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi insayder Sasha Tavoleri.
Manbaga ko'ra, portugaliyalik 24 yoshli futbolchi Italiya klubi uchun ustuvor variant hisoblanadi.
Milan vakillari Ramushning agentlari bilan kelishuv imkoniyatini o'rganish uchun muzokaralar olib borishmoqda.
Qayd etilishicha, “rossonerilar” Gonsaloning transferiga 30 million evro sarflashi mumkin.
Yakunlangan mavsumda u parijliklar libosida Frantsiya chempionatida 22 ta o'yinda 10 ta gol urdi.