2024/2025 yilgi mavsumda Turinning “Yuventus” klubida ijara asosida o'ynagan “PSJ”ning frantsiyalik hujumchisi Randal Kolo-Muani Angliya chempionatiga o'tishi mumkin.

Le Parisien jurnalistlarining xabar berishicha, hujumchi xizmatlariga Premer-liganing bir qancha vakillari qiziqish bildirmoqda.

Gap “Tottenxem”, “Nyukasl” va “Manchester Yunayted” klublari haqida ketmoqda.

O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida Randal A seriyada 16 ta o'yin o'tkazdi.