"Fenerbaxche" Milan Shkrinyarni "PSJ"dan sotib oladi.

Klublar 30 yoshli himoyachining to'laqonli transferi bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Foot Mercato. Futbolchi turklar bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi va har mavsum uchun 7,5 million evro maosh oladi.

Slovakiyalik futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Fenerbaxche"da ijara asosida o'tkazgan edi.