"PSJ" himoyachisi APL klubi bilan shartnoma imzoladi

"Sanderlend" klubi o'zining rasmiy saytida himoyachi Nordi Mukielening transferi haqida ma'lumot joylashtirdi. Futbolchi "PSJ"dan "qora mushuklar" safiga ko'chib o'tdi. Mukiele to'rt mavsumga mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Matbuot ma'lumotlariga ko'ra, 27 yoshli Mukielening transferi uchun "Sanderlend" "PSJ"ga 12 million evro to'lagan.
Nordi Mukielening asosiy pozitsiyasi - o'ng qanot himoyachisi. Shuningdek, futbolchi markaziy himoyada va o'ng yarim himoya pozitsiyasida o'ynashga qodir.
Eslatib o'tamiz, "Sanderlend" Premer-liganing 1-turida o'z maydonida "Vest Xem"ni qabul qilib, yirik 3:0 hisobida g'alaba qozongandi.