"PSJ"ga ukrainalik himoyachi 68 million evroga tushadigan bo'ldi

"Bornmut" markaziy himoyachisi Ilya Zabarniy "Pari Sen-Jermen"ga o'tmoqda.
Frantsuz grandi "olchalar" bilan transfer shartlari bo'yicha kelishib oldi. Insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, 22 yoshli futbolchi parijliklarga 68 mln evroga tushadi. Zabarniyning o'zi "PSJ" bilan 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan shartnoma tuzadi.
Angliya Premer-ligasining o'tgan mavsumida Ilya Zabarniy "Bornmut" safida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mashhur Transfermarkt portali futbolchining narxini 42 mln evroga baholamoqda.