Frantsiyaning "PSJ" klubi futbolchisi Nordi Mukiele Angliyaning "Sanderlend" klubiga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, 27 yoshli o'ng qanot himoyachisining transferini "PSJ" ham, Transfermarkt portali tomonidan 10 million evroga baholangan futbolchining o'zi ham qo'llab-quvvatlamoqda.

O'tgan mavsumda Mukiele "Bayer" sharafini himoya qilgandi. Klub miqyosidagi 24 ta o'yinda u 6 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi, shuningdek, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.