Yaqinda klublar o'rtasidagi jahon chempionati yakuniga etdi. Finalning asosiy favoriti "PSJ" edi, biroq "Chelsi" kutilmagan natija ko'rsatdi. Entso Mareska jamoasi 3:0 hisobida g'alaba qozondi va barcha gollar tanaffusga qadar kiritildi.

The Times nashrining xabar berishicha, final arafasidagi FIFA kechki ziyofatida "PSJ"ning bir necha vakillari sovrinni qanday va qaerda olishlari haqida o'ylashgan. "Chelsi" vakillari bu haqda jamoa bosh murabbiyi Entso Mareskaga ma'lum qilishgan, u esa o'z navbatida bu ma'lumotni futbolchilarga etkazgan.

Agar haqiqatan ham shunday bo'lgan bo'lsa, "Chelsi" futbolchilari maydonga qo'shimcha motivatsiya bilan tushishgani aniq.