"PSJ" Enrike rejalariga kirmagan futbolchisini sotishga tayyor

Presnel Kimpembe katta ehtimol bilan "PSJ"ni tark etadi.
Le Parisien xabariga ko'ra, himoyachi bosh murabbiy Luis Enrikening rejalariga kiritilmagan. "PSJ" so'nggi ikki mavsumning katta qismini jarohatlar tufayli o'tkazib yuborgan tarbiyalanuvchisi bilan xayrlashishga tayyor.
Frantsuzning "PSJ" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Yaqin kunlarda Kimpembe kelajagi mavzusida muzokaralar bo'lib o'tishi kutilmoqda.