"PSJ" "Bornmut" himoyachisi Ilya Zabarniyni o'z safiga qo'shib olish harakatlarini to'xtatmayapti.

RMC Sport nashri tarqatgan xabarga ko'ra frantsuz klubi Yugo Ekitikeni "Liverpul"ga sotish bo'yicha kelishuvni yakunlagach, 22 yoshli ukrainalik futbolchi uchun o'z taklifini yaxshilashga tayyor. Manbaga ko'ra, "PSJ" Angliya klubiga 80 mln evaziga o'tadigan Ekitikening transfer summasidan 20 foizini olib, 16 mln evro ishlab oladi.

Avvalroq, parijliklar Zabarniy uchun "Bornmut"ga 60 mln evro taklif qilishgandi, ammo inglizlar rad javobini berishdi va 70 mln evrolik minimumni belgilashdi. Endi "PSJ" muzokaralarga qaytish va kelishuv summasini o'zgartirish niyatida.