"PSJ" Donnarumma uchun juda katta pul olmoqchi

"Pari Sen-Jermen" jamoa bilan shartnomasini uzaytirishni bosh tortgan Janluidji Donnarummani sotib yuborishi ma'lum bo'lgandi.
Sky Sports xabariga ko'ra, parijliklar futbolchini 40-50 million evroga baholamoqda. Unga "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti"dan qiziqish bo'layotgani aytilgandi.
"Manchester Yunayted" uchun italiyalikning yuqori maoshi asosiy to'siq bo'lib turgan bo'lsa, "Siti" uchun hozirda darvozabon pozitsiyasida ikki yuqori darajadagi futbolchi borligi asosiy muammo bo'lib turibdi. Agarda Ederson "Galatasaroy"ga ketsa, "shaharliklar" Donnarumma variantini jiddiy ko'rib chiqadi.