"PSJ" darvozabon Lyuka Shevale uchun "Lill"ga 40 mln evro to'laydi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, 2030 yil yoziga qadar shartnoma imzolanadi, kelishuv allaqachon yakunlangan.

Aynan Shevale "PSJ"ning yangi asosiy darvozaboni bo'lishi taxmin qilinmoqda, chunki parijliklarni italiyalik Janluiji Donnarumma tark etmoqda, u bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishib bo'lmadi.