"PSJ" darvozabonlar borasida bir qarorga keldi. Vaziyatdan xabardor manbaning xabar berishicha, Parijda birinchi raqamli darvozabon jamoaning yangi o'yinchisi Lukas Shevale bo'ladi.

Ma'lum bo'lishicha, Matvey Safonov ikkinchi darvozabon bo'lib qoladi.

"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike Donnarummani yoqtirmaydi. U undan foydalanishni istamayapti. Shuning uchun Janluidji sotiladi. Unga allaqachon Shevale birinchi raqamli bo'lishi aytilgan", - deyiladi manbada.