"PSJ" 63 million evrolik transfer masalasini yopdi (foto)

"Bornmut" va "PSJ" markaziy himoyachi Ilya Zabarniy transferi bo'yicha kelishuvga erishdi, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, parijliklarga ukrainalik himoyachining transferi 63+7 million evroga tushadi. Zabarniy 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.
Yaqin orada tibbiy ko'rik va rasmiy shartnoma imzolash jarayoni bo'lib o'tadi.
