"PSJ" 1 hafta ichida o'ziga keraksiz himoyachini "Fenerbaxche"ga sotib yuboradi

"PSJ" Milan Shkrinyarni "Fenerbaxche"ga 10 mln evroga sotadi.
Avvalroq, klublar turk klubida ijara asosida to'p tepgan himoyachini to'liq transfer qilish bo'yicha kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Futbolchi murabbiy Joze Mourino jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzolashi va har mavsum uchun 7,5 mln evro maosh olishi aytilgandi.
Ayni paytda Parijga qaytgan futbolchi "PSJ" U-21 jamoasida shug'ullanmoqda. U klublar o'rtasidagi muzokaralar bo'yicha qarorni kutib, taksida mashg'ulotlarga borishga va mehmonxonada yashashga majbur bo'lmoqda, deb yozadi L'Equipe.
Biroq so'nggi soatlarda tomonlar qiymati 10 mln evroga baholanayotgan bitim haqida kelishib oldi. "PSJ" slovak bir hafta ichida sotib yuborilishi mumkin, deb hisoblamoqda.