Pro-liga 12-turida “Lokomotiv” klubi FarDu mehmoni bo'ldi.

O'yin 2:0 hisobida “temiryo'lchilar”ning g'alabasi bilan yakunlandi. Gollar Akaki Shulaya va Muhriddin Zoirov hisobiga yozildi.

Bu g'alabadan so'ng “Lokomotiv” ochkolari sonini 26 taga etkazib, 1-o'ringa qaytdi.