"Brentford" "Tottenxem"ning sobiq ustozi Ange Postekoglu bilan muzokaralar olib bormoqda, deya xabar bermoqda The Athletic.

Klub 2018-2025 yillar davomida jamoada ishlagan Tomas Frankga o'rinbosar izlamoqda. Daniyalik mutaxassis yozda "Tottenxem"ga ko'chib o'tgandi.

Iyun oyi boshida "Tottenxem" 2023 yildan beri "shporlar"ni boshqargan Postekoglu iste'foga chiqarilganini e'lon qildi. 2024/25 yilgi mavsumda London klubi Evropa Ligasi finalida "Manchester Yunayted" ustidan g'alaba qozondi (1:0). Bu sovrin "shporlar" uchun 2008 yildan beri birinchisi bo'ldi.