Portugaliyalik vinger "Yuventus"ga o'tish uchun ikki klub taklifini rad etdi

"Portu" klubi qanot hujumchisi Fransishku Konseysau Angliyaga o'tishdan voz kechdi. 22 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga "Nottingem Forest" va "Everton" klublari qiziqish bildirgan edi - ikkala klub ham "ajdarho"lar talab qilgan 30 million evro miqdoridagi tovon pulini to'lashga rozi bo'lgan. Biroq, insayder Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, portugaliyalik futbolchi "Yuventus"ga o'tishga umid qilayotgani va boshqa variantlarni ko'rib chiqishni istamagani sababli Premer-liganing har ikkala vakiliga rad javobini bergan.
"Everton"ning Konseysauga qiziqishi haqida boshqa manba ham xabar bergan edi, shuningdek, "Yuventus" va "Portu" o'rtasida deyarli kelishuvga erishilgani haqida ham ma'lumotlar tarqalgan edi. Romano bu ma'lumotlarni tasdiqladi.