Portugaliyalik vinger La Ligaga qaytadi

Portugaliyalik vinger Gonsalu Gedesh faoliyatini Ispaniya La Ligasida davom ettirish uchun "Vulverxempton"ni tark etadi. Nufuzli jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, futbolchi "Real Sosedad"ga o'tmoqda.
Tomonlar transfer shartlari bo'yicha kelishuvga erishgan. Bitimning asosiy summasi to'rt million evroni tashkil etadi, yana ikki million evro natijaga qarab bonus sifatida to'lanadi.
Gedesh avvalroq "Valensiya", "PSJ" va "Benfika" klublarida o'ynagan.