"Sporting" Portugaliya chempionatining 2-turida o'z maydonida "Aroka"ni 6:0 hisobida engdi.

O'yin davomida Luis Suares, Trinkan va Rikardo Mangash dubl qayd etishdi. Uchrashuvning 30-daqiqasida mehmonlar 0:1 hisobi vaqtida Dilan Nandinning chetlatilishidan keyin 10 kishi bo'lib qoldi.

Keyingi o'yinda "Sporting" 23 avgust kuni "Nasonal" bilan, "Aroka" esa shu kuni "Riu Ave" bilan kuch sinashadi.

Manba: www.stadion.uz.