"Portu" "Sautgempton" markaziy himoyachisini sotib oladi

Portugaliyaning "Portu" klubi "Sautgempton" markaziy himoyachisi Yan Bednarek bilan shartnoma imzolaydi.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, transfer "ajdarlar"ga 7,5 million evroga tushadi.
29 yoshli polshalik himoyachi bilan esa 4 yillik shartnoma imzolanadi.