"Portu" "Arsenal" himoyachisini sotib olish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning ma'lum qilishicha, hozirda klublar o'rtasida 25 yoshli Yakub Kivyorni ijarasi bo'yicha muzokaralar jarayoni davom etmoqda. Bitimga o'yinchini majburiy sotib olish optsiyasi kiritilishi mumkin.

Qayd etilishicha, polyakning transferi uning yozda "Arsenal"ni tark etish istagiga bog'liq. Mashhur "Transfermarkt" saytida uning bozor narxi 28 million evroga baholanmoqda.

Umuman olganda, Yakub Kivior "Arsenal" safida barcha musobaqalarda 68 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.