AQSh terma jamoasi ustozi Maurisio Pochettino KONKAKAF Oltin Kubogi final o'yinida ishlagan hakamni tanqid qildi.

AQSh - Meksika uchrashuvi 1:2 hisobida yakunlandi. Pochettino nima uchun uning jamoasi epizodlardan birida penalti tepish huquqini qo'lga kirita olmaganini so'radi.

"Haqiqat shundaki, agar bu maydonning qarama-qarshi tomonida, boshqa jarima maydonida sodir bo'lganida, bu penalti bo'lardi. Bu holatni ko'rishga uyalaman, bu sharmandalik," - deya g'azablangan Pochettinoning so'zlarini keltiradi ESPN.

Ushbu chempionlik Meksika tarixidagi o'n uchinchi chempionlik bo'ldi. AQSh hisobida 7 ta g'alaba, Kosta-Rika 3 ta chempionlik bor.