"Fiorentina" ustozi Stefano Pioli florentsiyaliklar jamoasini hujumchi Lukas Beltran tark etishi mumkinligi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.

"Lukas Konferentsiyalar Ligasi o'yiniga bormadi. Chunki uning transferi bo'yicha ishlar davom etmoqda," - deya italiyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi Football-Italia.

Avvalroq matbuotda 24 yoshli argentinalik forvardning transferiga Moskvaning TsSKA klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.