Peti nega Messi "Barselona"ga qaytmasligini aytdi

Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Emmanuel Peti Lionel Messining "Barselona"ga qaytishiga ishonmayapti.
Avvalroq Messi jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun 2026 yilning birinchi yarmini Evropada yuqori saviyada o'tkazmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
"Messini "Barselona"ga ijaraga berish bilan bog'lashmoqda, ammo Lamin Yamal zaxiraga olinmaydi. Ha, Messi "o'nlik"da o'ynashi mumkin edi, ammo u yugurmaydi va "Barselona" ikki futbolchi bilan yarim himoyani nazorat qila oladimi? Demak, Messini "Barselona"da ko'rmaymiz. U jahon chempionati oldidan Evropaning boshqa klubiga ijaraga o'tishi mumkinmi? AQShda unga alohida munosabatda bo'lishadi va boshqa joyda unga qiyin bo'ladi," - dedi Peti EscapistMagazine nashriga.
Lionel Messining "Inter Mayami" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil oxirigacha mo'ljallangan.