Gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyang Frantsiya chempionatiga qaytishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga "Marsel" qiziqish bildirmoqda. Tomonlar allaqachon bir-biri bilan aloqada, deb xabar beradi Footmercato.

Qayd etilishicha, Obameyang "Marsel" bilan yozda jamoaga qaytish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

36 yoshli hujumchi hozirda Saudiya Arabistonining “Al-Qodisiya” klubida o'ynayapti.