Pepe ispan klubi bilan shartnomasini uzaytirdi

"Vilyarreal" o'ng qanot vingeri Nikolya Pepe bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi.
30 yoshli frantsuz klub bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi. Avvalgi shartnoma 2026 yil 30 iyunga qadar amalda bo'lgan.
Pepe 2024 yilning avgustidan buyon "Vilyarreal"da o'ynab kelmoqda, o'shanda u klubga erkin agent maqomida "Trabzonsor"dan o'tgandi.
Ushbu mavsumda vinger klub miqyosida 28 ta o'yinda 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.