“Barselona” darvozaboni Inyaki Penya jamoani tark etishga tayyor, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, Joan Garsiya va Voytsex Shesni klub bilan shartnoma imzolaganidan so'ng Penya jamoani tark etishga qaror qilgan.

Hozirda u keyingi hamkorlikning mumkin bo'lgan variantlarini o'rganmoqda. Avvalroq unga “Jirona” va “Valensiya” jamoalari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Penya o'tgan mavsumda La Ligada 16ta o'yinda maydonga tushgan.