Toshkentning ikki grand klubi "Paxtakor" va "Bunyodkor" Superliga ikkinchi davrasiga hozirlik ko'rish jarayonida o'zaro nazorat o'yini o'tkazishdi.

Bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.

"Qaldirg'ochlar" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov 10-daqiqada o'yinda hisobni ochgan bo'lsa, Hojimat Erkinov 25-daqiqada javob golini kiritdi.