"Parij" "Portu" markaziy himoyachisi Otavioni sotib oldi. 23 yoshli braziliyalik besh yillik shartnomaga imzo chekdi, kelishuv 17 mln evroga baholanmoqda.

Otavio bir yarim yil oldin Portugaliyaning "Famalikan" klubidan "Portu"ga o'tgan edi. O'shanda futbolchi bo'yicha kelishuv summasi 12,3 mln evroga baholangandi.

"Parij"ning yangi futbolchisi Braziliyaning "Flamengo" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Transfermarkt portali ekspertlari talqiniga ko'ra, futbolchining narxi 10 mln evroni tashkil etadi.

Eslatib o'tamiz, "Parij" yangi mavsumni Frantsiya chempionati yuqori divizionida o'tkazadi. Jamoa o'tgan mavsumda 69 ochko jamg'arib, mamlakatning ikkinchi eng kuchli divizionida ikkinchi o'rinni egallagan edi.