Palmerning nohush seriyasi davom etadi

"Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer Angliya Premer-ligasining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvida gol ura olmadi.
Bugun, 17 avgust kuni “Chelsi” o'z maydonida “Kristal Pelas” bilan durang o'ynadi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.
Palmer yana gol ura olmadi. Uning Premer-liga o'yinlaridagi golsiz seriyasi 8 oyga etdi. Yarim himoyachi oxirgi marta yanvar oyida raqib darvozasini ishg'ol qilgan edi.