Palmerni "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga qodir deya hisoblashmoqda

Roberto Di Matteoning fikricha, Koul Palmer "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga qodir.
"Har kimning o'ziga xos uslubi bor, lekin Koul Palmer pleymeyker, unga qarshi kurashish juda qiyin, chunki u juda aqlli o'yinchi va har doim bo'sh joy topishni biladi.
Menimcha, Koul Palmerda “Oltin to'p”ni qo'lga kiritish uchun barcha fazilatlar bor. Oxir oqibat, barchasi jamoaning u bilan qanchalik muvaffaqiyatli bo'lishiga bog'liq bo'ladi”, dedi “Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Roberto Di Matteo.