Palmer va Dembele Nyu-Yorkdagi 70 qavatli bino tomiga chiqishdi (foto)

"Chelsi"ning yulduz futbolchisi Koul Palmer va "Pari Sen-Jermen"ning yulduz futbolchisi Usmon Dembele Nyu-Yorkda birgalikda suratga tushish uchun Rokfeller markazining 70 qavatli binosi tomiga ko'tarilishdi.
Palmer va Dembele final oldidan klublar jahon chempionati kubogi bilan birga suratga tushishdi. O'yinchilar o'z jamoalari formalarini kiyib olishgan edi.

