Palmer final oldidan o'z fikrlarini bildirdi

Yakshanba oqshomida klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida "Chelsi" va "PSJ" o'zaro bahs olib boradi. London jamoasi etakchisi - hujumkor yarim himoyachi Koul Palmer bo'lajak uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Albatta, biz o'zimizga ishonamiz. Qiyin o'yin bo'lishini bilamiz, ammo bu final. Biz hayajondamiz. Hamma tayyor. Bilasizmi, eng yaxshilarga qarshi o'ynashni xohlaysiz, "PSJ" esa dunyodagi eng yaxshi jamoa bo'lsa kerak. Lekin biz bunga tayyormiz. "PSJ" o'yinlarini tomosha qildik, ular barchasini juda yaxshi bajarishadi. Lekin rejamiz bor. Uni amalga oshirishga harakat qilamiz," - dedi Palmer.
"Chelsi" - "PSJ" uchrashuvi 13 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:59'da boshlanadi.