Palazon UEFAning qaroridan norozi

Isi Palazon La Liga o'yinini AQShda o'tkazish g'oyasini qo'llab-quvvatlamadi.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi dekabr oyida Mayamida bo'lib o'tadigan "Barselona" - "Vilyarreal" uchrashuvi bo'yicha UEFAga so'rov yuborgani avvalroq xabar qilingandi.
"Real Madrid" mamlakat tashqarisida bo'ladigan Ispaniya chempionati o'yiniga qarshilik qildi.
«Menga bu fikr yoqmaydi, chunki La Liga ispan muxlislariga tegishli.
"Vilyarreal" muxlislaridan bu o'yinni tortib olishayotgani raqobatni buzadi", - deydi "Rayo Valekano" yarim himoyachisi Isi Palazon.