Paket "stavka" ishi bo'yicha jazodan qutulib qoldi

"Vest Xem" futbolchisi Lukas Paketa Angliya futbol assotsiatsiyasining stavkalar bo'yicha qoidalarini buzgan bo'lishi mumkinligi haqidagi ish bo'yicha rasman oqlandi.
Ishga qiziqish 2022 yil noyabridan 2023 yil avgustigacha bo'lgan davrda braziliyalik futbolchi Premer-ligada "Lester", "Aston Villa", "Lids" va "Bornmut"ga qarshi o'yinlarda to'rtta sariq kartochka olgani tufayli paydo bo'ldi. O'shanda futbolchini umrbod diskvalifikatsiya qilish masalasi muhokama qilingandi.
"Vest Xem"ning xabar berishicha, mustaqil tartibga soluvchi komissiya qoidabuzarliklar yo'qligini tan olgan va barcha da'volarni olib tashlagan. Klub rahbariyatining ta'kidlashicha, uzoq davom etgan sud jarayonida Paketa qo'llab-quvvatlangan.