Qozog'istonning Ostona shahrida Osiyo Paralimpiya qo'mitasi (APC) tomonidan tashkil etilgan Bosh assambleya yig'ilishi nihoyasiga etdi.

Tadbirning so'nggi kuni doirasida shu yilning dekabr oyida Dubay shahri (BAA)da tashkil etiladigan yoshlar o'rtasidagi Para Osiyo o'yinlari hamda Los-Anjeles-2028 yozgi Paralimpiya o'yinlari, shuningdek, Doxa-2030 yozgi Para Osiyo o'yinlari tashkilotchiligi bo'yicha ma'lumot berildi. 

Kun davomida O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi ishchi guruhi Xalqaro ko'zi ojizlar federatsiyasi (IBSA), World Para Athletics (Xalqaro para engil atletika federatsiyasi) tashkilotlari rahbariyatlari bilan uchrashuvlar o'tkazdi.