Kecha Tailandning Bangkok shahrida boks bo'yicha Asian Boxing Osiyo chempionatining uchinchi kungi bellashuvlari o'tkazildi.

Unda O'zbekiston terma jamoasining jami 7 nafar charm qo'lqop ustasi ringga chiqib, o'z janglarida g'alaba qozonishdi.

Kechagi natijalarimiz:

-55 kg: Abdulaziz Abdunazarov - Kit Fu Tang (Gong Kong) (1-raundda TKO)

-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov - Erlan Ergeshov (Qirg'iz Respublikasi) 5:0

-65 kg: Jahongir Zayniddinov - Natthaphong Pimsen (Tailand) 5:0

-48 kg: Robiya Baxtiyorova - Chathuri Sirivarda (Shri-Lanka) 5:0

-51 kg: Gulsevar Ganieva - Junya Feng (Xitoy) 5:0

-54 kg: Uzukjamol Yunusova - Seina Adachi (Yaponiya) 5:0

-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Nurul Izza Nukuhehe (Indoneziya) (2-raundda TKO).