"Napoli" va "Galatasaroy" klublari o'rtasida hujumchi Viktor Osimxen transferi bo'yicha muzokaralarda qiyinchiliklar yuzaga keldi.

Turk klubi futbolchi uchun talab etilayotgan 75 mln evroni uzoq muddatga bo'lib-bo'lib to'lashga tayyorligini bildirdi. "Napoli" to'lovlar tuzilmasidan mamnun emas: jurnalist Santi Aunaning yozishicha, neapolliklar rahbariyati "Galatasaroy"dan bank kafolatlari va bir marta tezkor to'lov so'radi - so'rov qondirilmadi. "Napoli" kelishuvdan voz kechishga majbur bo'ldi.

Ayni paytda faqat "Al-Hilol" tovon pulini faollashtirishga va Viktor Osimxen uchun bir martalik to'lov sifatida 75 mln evro to'lashga tayyor. Muammo shundaki, 26 yoshli nigeriyalikning o'zi Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tish ishtiyoqida emas va "Galatasaroy"ga o'tmoqchi.