Osimxen Turkiya tarixidagi eng qimmat transferga aylandi

Viktor Osimxen Turkiya tarixidagi eng qimmat xarid bo'ldi.
Hujumchi "Napoli"dan "Galatasaroy"ga 75 million evro evaziga o'tdi va yiliga kamida 15 million evro "sof" maosh oladi.
Shu paytgacha turk klublari birorta futbolchi uchun hatto 20 million evro ham to'lamagan edi. Oldingi rekord egasi "Fenerbaxche" tomonidan 19,5 million evroga sotib olingan Yussef En-Nesiri edi.