Osimxen kelajagi bo'yicha bir qarorga keldi

Hujumchi Viktor Osimxen kelajagi borasida bir qarorga keldi. Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko'ra 26 yoshli nigeriyalik futbolchi faoliyatini "Galatasaroy"da davom ettirmoqchi. Osimxen "Al-Hilol"ning har mavsum uchun 40 million evro maosh to'lash bo'yicha katta taklifini rad etdi. Nigeriyalik hujumchi Evropada o'ynashda davom etmoqchi.
2024/2025 yilgi mavsumda Osimxen "Galatasaroy"da ijarada o'ynagan. Futbolchini sotib olish uchun turk klubi "Napoli"ga 75 million evro to'lashi kerak. A Seriya klubi hali chegirmalar qilishga tayyor emas. "Galatasaroy" 50-60 million evro to'lashga tayyor. Umuman olganda, muzokaralar davom etadi - Osimhenning bitimni yopish uchun birgina istagi etarli emas.
Viktor Osimxen "Galatasaroy" safida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 37 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.