Turkiyaning "Galatasaroy" klubi "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen transferi bo'yicha kelishuvga erishdi, deya xabar berdi Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, turk klubi nigeriyalik forvard uchun 40 million evroni darhol to'laydi. 35 million evro 1 yil davomida bo'lib to'lanadi. Shuningdek gollar uchun yana 5 million evro bonus va keyingi transfer sotuvidan 10 foiz ulush ham kelishuvga kiritilgan.