Osimxen "Galatasaroy" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi

Viktor Osimxen "Galatasaroy"ga o'tishga yaqin turibdi.
26 yoshli hujumchi va turk klubi futbolchining shartnomasi tafsilotlari bo'yicha to'liq kelishuvga erishdi.
Oldinroq "Galatasaroy" va "Napoli" forvardning transferi bo'yicha 75 million evroga kelishib olgan edi, italyan klubi bu pulni ikkita to'lovda oladi.
O'tgan mavsumda Viktor "Galatasaroy"da ijara asosida o'ynadi. U Turkiya chempionatida 30ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi