Osimxen bo'yicha muzokaralar davom etmoqda

Bugun, 14 iyul kuni "Galatasaroy" va "Napoli" klublari o'rtasida hujumchi Viktor Osimxen transferi bo'yicha muzokaralar yana faollashdi. Bu haqda Fabritsio Romano yozadi.
Klublar umumiy hisobda 75 million evroga etishi mumkin bo'lgan bitim tuzilishini muhokama qilmoqda.
Hozirda muhokamaning asosiy jihatlari to'lov shartlari va bank kafolatlari hisoblanadi. "Galatasaroy" 40 million evroni darhol to'lashni taklif qilmoqda, qolgan 35 million esa bo'lib-bo'lib to'lanadi.
Eslatib o'tamiz, Viktor Osimxen 2024/25 yilgi mavsumda "Galatasaroy" safida ijara asosida to'p tepgan edi.