Orif Tolipov APL o'yinlarini «Setanta Sports»da sharhlaydigan bo'ldi

Angliya premer-ligasining O'zbekistondagi translyatsiyasi huquqiga ega bo'lgan «Setanta Sports» telekanali boshlanayotgan mavsumda o'yinlarni o'zbek tilidagi sharh yordamida efirga uzatadigan bo'ldi.
Kompaniya "Sport" telekanali sharhlovchisi Orif Tolipov bilan bir mavsumga shartnoma imzolaganini e'lon qildi.