"Orenburg" sobiq direktori: "Fayzullaevning ketishi TsSKAga ta'sir qilmaydi"

"Orenburg"ning sobiq sport direktori Dmitriy Andreev TsSKA jamoasining Ural shahri klubiga qarshi o'yin tarkibida Abbosbek Fayzullaev yo'qligi haqida fikr bildirdi.
"TsSKA - bu superklub, bitta futbolchining ketishi jamoaning tuzilishiga ta'sir qilmaydi, u erda o'ynaydigan boshqa futbolchilar ham bor," - deya Andreev "Match TV" bilan suhbatda aytib o'tdi.
Ilgari xabar qilinganidek, TsSKA Fayzullaev bo'yicha Turkiya Superligasi vakili "Istanbul Bashakshehir" bilan kelishuvga erishgan. Abbosbek TsSKAda qariyb ikki yil to'p tepdi, 2023 yilning yozida "harbiylar" uni Toshkentning "Paxtakor" jamoasidan sotib olishgandi.